JANUBIY KOREYANING KONKUK UNIVERSITETI BILAN UCH TOMONLAMA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI

       Kuni kecha Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri — Konkuk universiteti delegatsiyasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda NDKTU akademik litseyiga tashrif buyurib, mehmonlar har ikkala muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

       Uchrashuv chog‘ida ta'lim dargohlari rahbariyati hamkorlik masalalarini muhokama qilib, yakunda uch tomonlama kelishuv imzolandi. Ushbu memorandum talabalar almashinuvi, akademik mobillik dasturlari, pedagoglar va professor o‘qituvchilar uchun ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

       Bu hamkorlik ta’lim sohasida xalqaro standartlar va imkoniyatlarni kengaytirish, talaba va o‘quvchi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochish hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.

photo_2025-05-01_15-45-53 photo_2025-05-01_15-46-43 

photo_2025-05-01_15-46-47 photo_2025-05-01_15-46-54 

Ijtimoiy tarmoqlar: