- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 223-65-43
Ishonch telefoni (79) 223-65-43
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi, akademik Vladimir Lvovich Kvintning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, NDKTU akademik litseyi va Navoiy davlat universiteti jamoalari, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan olimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida “Yosh strateglar” klubi a'zolari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Ular orasida akademik litseyning 2 kurs o`quvchisi, “Yosh strateglar” klubi a'zosi Qalandarova Lola ham bor. Shuningdek, kelgusidagi hamkorlik loyihalari belgilab olindi.